AQShlik Asiya Berger o‘z biologik onasini Qozog‘istonda topdi. Bu haqda “Zakon KZ” yozmoqda.

Foto: Facebook

“O‘z biologik onam bilan yana ko‘rishdim, biz juda baxtlimiz! Yordam uchun barchaga rahmat!”, — deb yozdi qiz “Facebook”dagi postiga munosabatlarga javoban.

Amerikaliklar asrab olgan qiz o‘z biologik ota-onasini Qozog‘istonda qidirayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda 27-may kuni xabar paydo bo‘lgan.

2000-yilda tug‘ilgan bu qizni 2001-yili amerikalik bir oila asrab olib, Asiya Berger ism-sharifini bergan. Asiya yangi oilasidagi uch qizning o‘rtanchasi. Florida shahrida istiqomat qiluvchi qiz kollejda tahsil olmoqda. Asiya Berger avvalgi ismi Saltanat Ashkanova bo‘lgan.