Xitoy boshqa davlatlarni Gongkong ishlariga aralashishni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirmoqda. Bu haqda juma kuni oʻtgan brifingda XXR TIV rasmiy vakili Chjao Litszyan maʼlum qildi.

Foto: Sputnik

“Tegishli davlatlar Gongkong ishlariga va XXR ichki ishlariga dagʻallik bilan aralashmoqdalar, Xitoy buni qoralaydi va qatʼiy protest bildiradi, biz tegishli mamlakatlarga taqdimnoma kiritdik… Biz barcha tegishli mamlakatlarni Xitoy suverenitetini hurmat qilishga va Gongkong ishlariga aralashishga boʻlgan har qanday urinishlarni toʻxtatishga chaqiramiz”, – deb qayd etdi diplomat Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va AQSH TIVining umumiy bayonotiga izoh berar ekan.

Ilgariroq Xitoy parlamenti Gongkon xavfsizligi boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qilgan edi. Hujjat avtonomiya uchun maxsus ishlab chiqilgan va buzgʻunchilik va separatistik faoliyatga, shuningdek, markaziy hukumatni agʻdarishga qaratilgan fitnalarning har qanday turini, terrorizm va chet eldan aralashuvni taʼqiqlashni nazarda tutadi.

Bu Gongkong hukumatga qarshi kuchlari hamda qator gʻarb mamlakatlarining noroziligini keltirib chiqardi.

Sal oldin Sputnik radiosi Xitoy AQShning Gongkong yuzasidan qilgan tahdidlariga qatʼiy javob qaytargani haqida xabar bergan edi. Birlashgan Qirollik, Avstraliya, Kanada va AQShning qoʻshma bayonotida XXR hukumatining Gongkong uchun milliy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunning ishlab chiqarilishi haqidagi qarori Britaniya va Xitoy oʻrtasida imzolangan mintaqa avtonomiyasi haqidagi deklaratsiya nizomlariga tamomila zidligi maʼlum qilingan edi.