Seulda koronavirusga qarshi kurashishdagi cheklovlar qayta tiklanmoqda.

Foto: Google

Chunki Koreya Respublikasi poytaxtida koronavirus epidemiyasi qayta uyg‘ondi. Uch kundan buyon mamlakatda yangi holatlar ko‘paymoqda: 27-may — 40, 28-may — 79, bugun — 58 nafar bemor aniqlandi.

Seuldagi muzey va teatrlar yana yopildi. Hukumat aholini masofa saqlashga chorlayapti.

“Worldometer” ma’lumotiga ko‘ra, koronavirusni yuqtirish umumiy holati bo‘yicha Janubiy Koreya Osiyoda 17-o‘rinda, jahonda 48-o‘rinda: jami 11 402 ta holat qayd etilgan, bemorlarning 10 363 nafari (90,8 foiz) sog‘aygan, qurbonlar soni — 269  nafar.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,8 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 360 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.