Amerikalik ayol sug‘urta hisobidan pul olish uchun buvisining jasadini bir necha yil muzlatkichda saqladi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

61 yoshli Sintiya Blek 186 ming dollarni noqonuniy o‘zlashtirganlikda ayblanib hibsga olindi. U bu pulni qariyb 10 yil muqaddam vafot etgan buvisi Glenora Delaxeyning hisobidan yechib olgan.

Tergovchilar keksa ayolning qoldiqlarini Blekning uyiga qo‘shni uyda joylashgan muzlatkichdan topishgan. Shundan so‘ng u marhumning murdasini tahqirlaganlikda ham ayblangan.

Delaxeyning ijtimoiy sug‘urta hisobidan pul yechib olish tizimini qizi Glenora Volsinger va uning sherigi Glenn Blek boshlab berishgan. 2011-yilda u vafot etgach, Sintiya Blek onasining ishini davom ettirgan.

Shunga o‘xshash yana bir dahshatli voqea: 2018-yil mart oyida Fransiya sudi 38 yoshli Ramon Kanetni murdalarni yashirganlikda ayblagan: u 10 yil davomida oilasidan o‘zining yangi tug‘ilgan chaqaloqlarini muzlatkichda yashirib kelgan. Tibbiy ekspertiza xulosalariga ko‘ra, muzlatkichdagi go‘daklardan bittasi tirik qolishi mumkin edi. Qidiruv paytida politsiyachilar yana to‘rtta muzlatilgan jasadni topishgan.