Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari e’tiborini SARS-CoV-2 koronavirusini bosh viruslardan farqlab turuvchi bir jihat tortdi. “Izvestiya” yozishicha, jonli organizmlarning mazkur virusga bardoshi sinab ko‘rilganida koronavirus aynan inson hujayralariga eng oson moslashishi aniqlangan.

Martin Baxmann.

Mutaxassislar SARS-CoV-2 organizmga ACE2 retseptori orqali kirishi va oqsillar yordamida hujayralar bilan birikishini kuzatishdi. Birikishning eng mustahkami aynan odam hujayralari bilan bo‘ldi.

Taqqoslash uchun: ko‘rshapalaklarda aniqlangan shtamm o‘z egasi organizmi muhitiga bunchalik moslashuvchan emas.

“Ilgari inson organizmida hech qachon bo‘lmagan yangi virus (SARS-CoV-2) inson retseptorlari bilan o‘ta yuqori darajada bog‘lana olishi bizni ajablantirmoqda”, — dedi Flinders universiteti professori Nikolay Petrovski.

Koronavirus inson tanasiga shunchalik yaxshi moslashdiki, endi u aloqani ushlash uchun mutatsiyalanishgayam ehtiyoj sezmayapti, ta’kidlaydi professor.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,8 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 360 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.