Mamlakatimiz rahbariyati tashabbusi bilan 28-may kuni Zarafshon shahri yaqinida karantin maydoni qurilishi boshlandi, deb xabar bermoqda Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Ushbu qaror koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish va shaharda olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayonlariga zarar yetkazmaslik maqsadida qabul qilindi.

Karantin maydonining qurilishi uchun 10 gektar yer ajratildi. Bu yerda 650 o‘ringa mo‘ljallangan 98 ta konteyner joylashtiriladi.

Qurilish ishlarini bajarish uchun “Zarafshan Golden Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh pudratchi etib tayinlandi.