Foto: RIA novosti

5,7 magnitudali zilzila 23 fevral uni Turkiya va Eron chegarasida qayd etildi. Uning oqibatida toʻqqiz nafar Turkiya fuqarosi halok boʻldi.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning soʻzlariga koʻra, qurbonlar va vayronagarchiliklar Bashkale tumanining Kashkol, Gyuvenlik, Gelenler va Oʻzpinar qishloqlarida qayd etilgan.

Vazir vayronalar ostida haligacha odamlar borligi va ularni qutqaruv-qidiruv ishlar davom ettirilayotganini taʼkidladi.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Eronda ushbu zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 75 kishiga yetgani aytiladi xabarda.