Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: Izboskan tuman hokimligi axborot xizmati

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Sog‘lom hayot sari 5000 qadam loyihasining karantin paytida o‘tkazilishi qanchalik to‘g‘ri? O‘zi har kuni telivideniyeda uyda o‘tiring deb aytilayotgan bo‘lsa?

Javob: 5000 qadam loyihasi ommaviy bo‘lmasligi kerak. Ya’ni odamlar jamoaviy yurishlari emas, balki har bir shaxs karantin qoidalariga rioya qilgan holda va ijtimoiy masofani saqlagan holda o‘zi uchun kuniga 5000 qadam piyoda yursa, sog‘lig‘i uchun foydadan xoli bo‘lmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan va “SES” ruxsat berdi” degan xabarlar xech qanday asosga ega emas.

Ommaviy tadbirlar Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarorlari bilan bekor qilingan va bu kabi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda uning hududiy markazlari vakolatiga kirmaydi.

Ammo agentligimiz koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldinii olish bo‘yicha profilaktik, epidemiyaga qarshi, shuningdek insonlarni salomatligini mustahkamlash borasidagi zarur talab va tavsiyalarni ishlab chiqadi, bu jihatdan mazkur masalalarni muvofiqlashtiruvchi yetkachi hisoblanadi.