O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Razzoqovich Bobojonov Turkmanistonlik hamkasbi Mamedxon Berdimurodovichni Turkmaniston Ichki ishlar organlari xodimlarining kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Google

Turkmaniston ichki ishlar vaziri, politsiya general-mayori M.B. Chakiyevga

Hurmatli Mamedxon Berdimurodovich!

Turkmaniston ichki ishlar organlari xodimlarining kuni – kasb bayrami munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilishingizni so‘rayman.

Ichki ishlar organlari xodimlari mardlik va jasorat ko‘rsatgan holda, fuqarolarning tinchligi va huquqlarini ta’minlash yo‘lida mas’uliyatli xizmat vazifalarini bajarish barobarida, o‘zlarining kasb burchlarini sharaf bilan ado etib kelmoqda.

Hurmatli Mamedxon Berdimurodovich, ushbu shodiyona kunda Sizga va Siz orqali Turkmaniston polisiyasining barcha shaxsiy tarkibi hamda fahriylariga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va ulkan zafarlar tilab qolaman.

Hurmat bilan,

Po‘lat Razzoqovich Bobojonov
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant