Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Saparxan Omarov qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

Foto: RIA novosti

“Joriy yilning 1-iyunidan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishdagi barcha cheklovlar olib tashlanadi. Eksport cheklovlarini bekor qilish to‘g‘risidagi yangi buyruq 2020-yil 1-iyundan kuchga kiradi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda favqulodda holat e’lon qilinganligi va Prezidentning ichki bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligini oldini olish to‘g‘risidagi buyrug‘i tufayli Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi eksportini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan va yangi mahsulotlar yig‘ib olinmaguncha yetarli zaxiralarni saqlab qolish tartibini joriy etgandi.