“Boston Consulting Group” hisobotiga ko‘ra, dunyo aholisining har oltitadan biri koronavirus pandemiyasi tufayli kelgusi oylarda ishsiz qolishi mumkin.

Foto: Just The News

BCG tahlilicha, inqiroz mehnatga layoqatli aholining ko‘pchiligiga ta’sir qiladi. “COVID-19’ning boshlanishi tufayli yuzaga kelgan inqiroz global ishchi kuchidagi tub o‘zgarishlarni baholash juda qiyin. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdiki, 2020-yilda 1,9 milliardan ziyod inson (dunyodagi mehnatga layoqatli aholining yarmidan ko‘pi) ishsiz qolishi yoki yarim kunlik ishga o‘tishi mumkin”, – deyilgan hisobotda.

Hisobotdagi yana bir tahlilga ko‘ra, inqiroz oqibatlari turli sohalar bo‘yicha farq qilib, karantin qoidalariga bevosita bog‘liq bo‘lgan sohalar ko‘proq zarar ko‘radi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,8 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 360 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.