Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati

Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi huquqlari:

  • tovarni shunday markali tovarga almashtirib olish;
  • tovarni boshqa markali (modelli) tovarga almashtirib, narxini qayta hisob-kitob qilish;
  • nuqsonlarni bepul bartaraf etishni yoki xarajatlarni qoplashni talab qilish;
  • narxni nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
  • shartnomani bekor qilish va ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Mazkur huquqlarni amalga oshirish uchun tovarning nuqsoni quyidagi muddatlarda aniqlangan bo‘lishi lozim, ya’ni:

  • tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;
  • kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo‘yicha 6 oy mobaynida;
  • ko‘chmas mulk iste’molchiga sotilgan kundan boshlab 2 yil ichida;
  • mavsumiy tovarlar uchun Hukumat tomonidan belgilangan muddatda.

Nuqsonli tovar sotuvchiga quyidagilar bilan birga qaytariladi:

  • tovarning kassa (tovar) cheki;
  • tovarning texnik pasporti (kafolat muddati belgilangan tovarlar uchun).

Iste’molchi tovarda kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi):

  • uni ayni shunday markali tovarga 7 kunlik muddatda;
  • tovar sifatini qo‘shimcha tekshirish zarur bo‘lganida 20 kun ichida;
  • ayni shunday markali tovar bo‘lmaganda 1 oy ichida;
  • cho‘l va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda esa ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin 2 oydan kechiktirmay almashtirib berishi shart.

Iste’molchi sifatli nooziq-ovqat tovarini (masalan, sovun, idish-tovoq, o‘yinchoqlar, kanselyariya mollari va shu kabilar) sotib olgan kunidan boshlab 10 kun ichida ayni shunday tovarga almashtirib olishga haqli.

Agar sotuvchida bunday tovar mavjud bo‘lmasa, iste’molchi to‘langan pulni qaytarib olishi mumkin.

Almashtirilayotgan tovarlarning narxida tafovut bo‘lsa, qayta hisob-kitob qilinadi.

Sotuvchi tomonidan nuqsonli tovarni almashtirib berish rad etilsa:

  • vakolatli organlarga;
  • sud organlariga murojaat qilish mumkin.