Joriy yil 27-may holatiga ko‘ra, Zarafshon shahridagi fuqarolardan COVID-19 infeksiyasini aniqlash maqsadida jami 8474 ta namunalar olingan bo‘lib, shundan 8063 tasi tekshirildi. Bu haqda Zarafshon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori ma’lum qildi.

Foto: Google

O‘tkazilgan tahlillardan jami 225 nafari COVID-19 infeksiyasiga gumon qilingan. Shundan 91 nafar fuqarolarda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan edi.

Ularning 10 nafari to‘liq sog‘ayib, realibitatsiya markaziga yuborilgan.

Ayni paytda yurtimizda 2694 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 77 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 755 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.