“Forbes” Bryansk sut brendining (Rossiya) nostandart yechimlari va moliyaviy samaradorligini yuqori baholadi.

Foto: “O‘zbekoziqovqatxolding” axborot xizmati

Yaqinda Bryansk sut kombinati (BSK) mahsulotlarining yangi brendi butun Rossiya bo‘ylab mashhur bo‘ldi. U Aeroflot va boshqa federal aviakompaniyalarning parvozlarida, restoran va qahvaxonalarda reklama qilinmoqda.

Mahsulotlarni Rossiyaning 37 shahridagi 22 mingta savdo nuqtalarida sotib olish mumkin.

Qadoqning dizayni va markaning o‘zi “Depot” brend agentligi jamoasi tomonidan yaratilgan. Buning qisqacha tarixi shunday: Bir nechta tanlovdan so‘ng ijodkorlar oq qadoqli minimalistik variantga to‘xtalishdi. Qadoqdagi yozuv qatorlariga alohida rang tanlandi. Ya’ni sigir, o‘tloqlar va dalalar suratlari o‘rniga faqatgina brend va mahsulot turi haqidagi yozuv tushirildi xolos.

Mahsulotlarimizning kelishilgan dizayni birinchi bo‘lib qadoqning maketini ishlab chiqqan “Tetra Pak”ga ko‘rsatilganda, ular karaxt ahvolga tushib, buni kim yaratganligi, nima uchun kerakligini so‘rashdi, – deydi BSK direktori Aleksey Ryabsev. -Mahsulotlar savdo peshtaxtalaridan o‘rin olgach shubhalar ortda qoldi.

Bir necha oydan so‘ng BSK butun Rossiya bo‘ylab distribyutorlar orqali o‘z mahsulotlarini sota boshladi va tez orada “Magnit”, “Dixy”, “Lenta”,” METRO”va “Karusel” kabi yirik savdo tarmoqlarida paydo bo‘ldi. Shu tariqa BSKning yangi brendi “Forbes” reytingidan joy oldi.