Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Navoiyda joriy yilning 25-may kuni Xatirchi tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, Xatirchi tumani Tamabaxrin MFYda yashovchi, 30 yoshli F.J., ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash joyining yer maydonida 224 tup sof og‘irligi 1,708 grammni tashkil qilgan “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlab kelayotgani aniqlanib, 224 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan F.J., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, F.J., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Tergov departamenti xabariga ko’ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.