Samarqand davlat chet tillar instituti tarkibida bakalavr ta’lim bosqichida jurnalistika va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha “City University of Malaysia” ning filiali ochiladi.

Foto: Sof

Ikkala universitet rahbarlari I.To‘xtasinov hamda Doktor Jeyms o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn xalqaro hamkorlik uchrashuvida bu haqidagi memorandum imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilida ikkala oliygoh o‘rtasida oldindan rejalashtirib kelinayotgan ta’lim yo‘nalishlari va qo‘shma dasturlar tashkil etiladi.

Shuningdek, bakalavr ta’lim bosqichida 2+1 qo‘shma dasturi asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tashkil etiladi.