Avval xabar qilganimizdek, “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

obhavo turizm priroda manzara samarqand xorazm buxoro
Foto: Google

Farmonga ko’ra, shuningdek, turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, dam olish uylari va b.) uchun:

  • 2020-yil 1-iyundan 31-dekabrga qadar foyda solig‘i stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
  • 2020 va 2021-yil yakunlari bo‘yicha zararlarni Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda o‘tkazish huquqi beriladi;
  • 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.

Shuningdek, joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘imni to‘lashni 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda to‘lash asosida foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etiladi.