Charter avia reyslarga ro‘yxatga olish tizmini avtomatlashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan alohida virtual anketa shakli ishlab chiqildi.

Foto: Dunyo

2020-yil 29-may kunidan boshlab, Vatanamizga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar, virtual anketani to‘ldirishi kerak bo‘ladi.

Agar Siz, 2020-yil 29-may kuniga qadar Bosh konsulxona telegramm kanali orqali charter reys ro‘yxatiga olingan bo‘lsangiz, bu anketani to‘ldirishingiz shart emas. Chunki Siz ro‘yxatga olingansiz.

Charter reysga ro‘yxatda turish uchun anketani to‘ldirish