“Hududgaz Sirdaryo” MChJ tomonidan aholi xonadonlariga elektron gaz hisoblagichlari o‘rnatilmoqda.

Foto: “Hududgaz Sirdaryo” MChJ matbuot xizmati

Qurilmaga o‘rnatilgan batareyaning quvvati 8 yilga yetadi. Kafolat muddati esa 5 yil. Ushbu hisoblagichlar aholi xonadonlariga mutlaqo bepul o‘rnatilmoqda. Xozirga qadar viloyat bo‘yicha 700 donaga yaqin zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatildi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan ushbu “aqlli” gaz hisoblagichlari viloyat filiallariga yetkazib berilmoqda.

Ushbu hisoblagichlar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tasdiqlangan jadval bo‘yicha iste’molchilarning honadoniga 10 kun oldin ogohlantirilgandan so‘ng o‘rnatiladi.