Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Turkmanistonda hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Foto: 24 KG

2020-yil 29-may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 9932 kishiga yetdi. Bemorlarning 4900 nafari butunlay tuzaldi. 37 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 29-may holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 68 taga oshib, jami 1662 nafarga yetdi. Infeksiya tufayli o’lim holati 16 tani tashkil etmoqda.

30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangandi. Bugun, 29-may holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 3563 tani tashkil etmoqda va jami 47 ta o’lim qayd etilgan.

Afg’onistonda esa 29-may holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 13,036 nafarni tashkil etmoqda. 235 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 1209 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 355 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.