Hindistonda hinduiylik dini ruhoniysi koronavirusga qarshi kurashda g‘alaba qozonish uchun odamning boshini tanasidan juda qildi. Bu haqda India Today nashrida xabar qilingan.

Foto: DW

Xabarda aytilishicha, qotillik Hindistonning Orissa shtatida sodir bo‘lgan. Mahalliy ibodatxonaning 72 yoshli ruhoniysi va 52 yoshli ibodat qiluvchi o‘rtasida diniy mojaro kelib chiqqan. Natijada ruhoniy ibodat qiluvchiga tashlangan va uni o‘ldirib, boshini tanasidan juda qilgan. Shundan so‘ng u politsiyaga taslim bo‘ldi.

Ruhoniyning ta’kidlashicha, uning tushiga xudolari kirgan va koronavirusni yengish uchun odam qurbonlik keltirishi lozimligini buyurgan. Politsiya tomonidan xabar qilinishicha, ruhoniy qotillik vaqtida spirtli ichimliklar ta’sirida mast bo‘lgan.