Foto: Interfax

“Yakshanba kuni kechqurun biz Venetsiya karnavali va boshqa ommaviy tadbirlarni, shu jumladan sport tadbirlarini to’xtatishni rejalashtirdik. Bu 1 martga qadar davom etadi”, dedi Veneto gubernatori Luka Zaya.

U, xususan, yarmarkalar va muzeylarni yopishga qaror qilganini tushuntirdi.

Barcha cheklov choralari mahalliy vaqt yarim tunda kuchga kiradi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Italiyada koronavirus infeksiyasining 132 ta holati aniqlangan. Ulardan ikki bemor vafot etgan.