Boston marafoni tashkilotchilari musobaqaning 124 yillik tarixida birinchi marta ushbu tadbirni bekor qilishga qaror qilishdi.

Foto: Google

Taʼkidlanishicha, marafon oʻrniga “virtual tadbir” boʻlib oʻtadi.

Unda ishtirokchilar 42 kilometr masofani bosib oʻtganliklarini tasdiqlashlari kerak.

Koronavirus pandemiyasi sabab dastlab Boston marafoni 20-aprel oʻtkazilishi belgilangan edi. Ammo keyinroq uni 14-sentyabrga tashkil etilishi belgilandi. Endi esa musobaqa oʻtkazilmaydigan boʻldi.