Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan yurtimizga turli xavfli kasalliklar kirib kelishining oldini olish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik telegram kanalida ma’lumot berilgan.

Foto: FVV axborot xizmati

“Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Xiva shahri va Xiva tumanida Kuydirgi va Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalliklarini kirib kelishini oldini olish mavzusida o‘quv mashqi o‘tkazildi. Ushbu maxsus jarayon davomida FVDqT xizmatlarining tayyorgarligi yana bir bor sinovdan o‘tkazildi”, — deyiladi xabarda.

Foto: FVV axborot xizmati