Futbol boʻyicha Angliya chempionati — Premyer liga 17-iyun kunidan yana davom ettiriladi. Uchrashuvlar barcha xavfsizliklar talablariga rioya etilgan holda muxlislarsiz stadionlarda oʻtkaziladi.

saloh
Foto: Sports

Musobaqa rasmiy saytida berilgan oʻzgartirilgan taqvimga koʻra, 17-iyun kuni 28-tur doirasida «Aston Villa» — «Sheffild Yunayted» va «Manchester Siti» — “Arsenal” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.

Eʼtiborlisi, endilikda bellashuvlar haftaning hamma kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, ayni paytda turnir jadvalida 82 ochko bilan “Liverpul” jamoasi peshqadam boʻlib turibdi. Undan keyingi pogʻonani 57 ochki bilan «Manchester Siti» klubi band etgan.

Futbol boʻyicha Italiya chempionati — A Seriya bellashuvlari esa 20-iyundan yana davom ettiriladi. Bu haqda Italiya sport vaziri Vinchenso Spadaforaga tayanib “Football Italia” xabar tarqatdi.

Chempionatda 26 turdan soʻng turnir jadvalida Turinning «Yuventus» jamoasi 63 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pogʻonani Rimning “Latsio” 62 ochko egallab turibdi.