Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni irlandiyalikn Konor Makgregor braziliyalik Anderson Silvaning chaqirigʻini qabul qildi. Avvalroq, braziliyalik irlandiyalikka 176 funt (79,8 kilogramm) vazn toifasida kurashishni taklif qilgan edi. Makgregor bu taklifga rozi boʻlgan.

Foto: Sports

Sobiq UFC chempioni Anderson Silva may oyida aralash yakkakurashlar (MMA) eng yaxshi jangchisi deb eʼlon qilindi.

Braziliyalik sportchi professional faoliyati davomida 45 jang oʻtkazib, 34 gʻalaba erishgan, 10 ta bahsda magʻlubiyatga uchragan. Uning ishtirokidagi bir jang natijasi bekor qilingan.

Anderson Silva 2006-yildan 2013-yilgacha UFC chempioni boʻlgan va oʻz unvonini oʻn marta muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Makgregor 26 jang oʻtkazib, 22 gʻalabaga erishgan. U yengil va oʻrta yengil vaznda chempionlik kamariga egalik qilgan.