Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yangi kasallanish holatlarining 7 tasi aholi orasida (bitta oila a’zolari) aniqlangani haqida kecha xabar qilingan edi. Mazkur holat Buxoroda koronavirus infeksiyasi qaytganini ko‘rsatmoqda.

Foto: Google

Shofirkon tumani “qizil” hududga kiritilgani sababi bilan joriy yilning 28 mayidan boshlab, transport vositalari harakati cheklandi.

Shuningdek, koronavirus aniqlangan hamda ular bilan bevosita muloqotda bo‘lgan fuqarolardan dastlabki test namunalari olinmoqda.

Tuman markazida joylashgan “Star Market” supermarketida koronavirusga gumonlangan shaxslar kirib-chiqqanligi aniqlanganligi bois 24-may sanasidan shu kunga qadar ushbu savdo majmuasiga kelgan fuqarolar tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markaziga (65)502-26-57 va (91)449-69-83)ga murojaat qilib, tegishli tahlillardan o‘tishlari zarurligini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.