Qo’shiqchi Sevara Nazarxon o’z Instagram sahifasiga yangi post joyladi. U shu bilan birgalikda muxlislari uchun “Bir kam dunyo” videoklipini ham yangi talqinda taqdim etdi.

Yangi postda quyidagi so’zlar yozilgan:

Uch oy oldin biz boshqa dunyoda yashayotgandik.

Hamma o‘zicha baxtiyor edi. Ko‘p martalab bir-birimizni bag‘rimizga bosardik. Bir-birimiznikiga mehmonga borardik. Shovqin-suronli bayramlarni nishonlardik. Katta tadbirlarni hamda sport bilan shug‘ullanishni yoqtirardik. Palov tayyorlardik hamda qaynoqqina non yopardik. Sayyohatga chiqardik. Yer yuzining turli burchagidan mehmonlarni kutib olardik. Ta’lim olardik, mehnat qilardik, qo‘shiq kuylardik. Va, birdan dunyo o‘zgardi.

U o‘zgardi, biroq uyimiz bo‘lib qoldi: yagona, mo‘jizali hamda sevimli. Xohlardimki, hozir men bilan birga ko‘rgan-kechirganlarimizni o‘rtoqlashsak. O‘z boshingizdan o‘tkazganlaringizni so‘zlab bersangiz.

Sevara Nazarkhan