Foto: Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati

Bugundan ushbu belgi karantinga olingan xonadonlarga o‘rnatilmoqda.

Mazkur ogohlantirish belgisi qo‘yilgan xonadonlarda kasallik yuqtirib olgan shaxslar bilan birlamchi va ikkilamchi aloqada bo‘lgan kishilar istiqomat qiladi.

Ogohlantirish belgisi ko‘rsatilgan xonadonlarda yaqin qarindoshingiz yoki qo‘shningiz yashashi mumkin. Sizdan karantin qoidalariga amal qilishingizni va ular bilan muloqotga kirishmasligingizni so‘raymiz, deyiladi Zarafshon shahar hokimligi axborot xizmati xabarida.

Avvalroq, Navoiyda karantinga olinganlar 5299 nafarni tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu hududda infeksiya aniqlanganlar esa umumiy ro‘yxatda 119 nafar ekanligi qayd etilgan.