SSV xabariga ko’ra, bugun mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 75 holatning 48 nafari Karantin markazidan, 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 21 nafari (Toshkent shahri 16, Samarqand viloyati 4, Toshkent viloyati 1) esa aholi orasidan aniqlandi.

Foto: Gazeta

Kun davomida 26 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3444 nafar bemordan 2694 nafari butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 736 nafar bemor yurtimizning 7 xududidagi davolash muassasalarida davolanishmoqda.

Foto: SSV axborot xizmati

Bugun mamlakatimizda uy karantiniga 1166 nafar fuqaro olinib, 1284 nafar fuqaro chiqarildi.

Stasionar karantinga esa 1532 nafar fuqaro olinib, 935 nafar fuqaro o‘z uyiga kuzatildi.