Ayrim kanallarda Ipoteka bankning Navoiy va Samarqand filiallarida xodimlarning koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha holatlar aniqlanganligi bo‘yicha asoslantirilmagan ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Foto: Google

Bank Axborot xizmati ma’lum qlishicha, bank filiallarida bunday holatlar aniqlanmagan.

Barcha filiallar mijozlarga va aholiga karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

“Bank to‘g‘risida asoslanmagan ma’lumotlar tarqatayotgan kanallar haqida tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq, joriy yil 24-may kuni respublika “Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar berilgan edi.