Foto: O’zA

Ma’lumotlarga qaraganda, jabrlanganlarda sinish jarohatlari kuzatilgan. G‘arbiy Ozarbayjon viloyati mas’ullari Kotur tumani qishloqlarida uylarning qisman yoki to‘liq vayron bo‘lganligini ma’lum qilgan

Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologik markazining qayd etishicha, Eron va Turkiya chegarasidagi hududda 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila markazi Eronning Tabriz shahridan 141 kilometr g‘arbda va Turkiyaning Ozalp shahridan 71 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Silkinishlar o‘chog‘i 5 kilometr chuqurlikda ekanligi aytilmoqda.

RIA Novostida xabar berilishicha, Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu mamlakat sharqida kamida yetti kishining halok bo‘lganini ma’lum qilgan.