Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PF-5996-sonli Farmoniga asosan yuridik shaxslar uchun yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan foydalanish uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar:

  • 2020-yil uchun taqdim etilgan yer solig‘i hisob-kitobi;
  • 2020-yil uchun mol-mulk solig‘i joriy to‘lovi ma’lumotnomasida soliq imtiyozini qo‘llagan holda elektron tarzda aniqlashtirilgan hisobot (ma’lumotnoma) taqdim qilishingiz lozim.

Soliq imtiyozlarini qo‘llagan holda aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etish yuzasidan ishlab chiqilgan qo‘llanmadan foydalaning.