Foto: Human

30 yildan ortiq vaqt davomida Yens Nigard Knudsen Daniya “Lego Group”da, o‘quv o‘yinchoqlari va dizaynerlari ishlab chiqaradigan kompaniyada dizayner bo‘lib ishlaydi. Aynan u 1970 yillarning oxirlarida paydo bo‘lgan qo‘llari va oyoqlari harakatlanuvchi odamning mashhur mini-figurasini yaratuvchilaridan biri bo‘lgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Knudsen chorshanba kuni Daniya g‘arbiy qismidagi kasalxonada vafot etgan. O‘lim sababi amiotrofik lateral skleroz – asab tizimining davolab bo‘lmaydigan kasalligi bo‘lib, u oyoq – qo‘llarning falajiga va mushak atrofiyasiga olib keladi.

“Uning tasavvurlari shunchaki fantastik edi. Agar biz “aqliy xujum” qilsak, u “aqliy bo‘ron” qilardi. G‘oyalarga to‘la edi”, deydi hamkasbi Milan Pedersen.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, mashhur ingliz astrofizigi Stiven Xoking ham amiotrofik lateral sklerozdan aziyat chekdi, u 22 yoshidan beri ushbu davolab bo‘lmaydigan kasallik bilan kurashib kelgan. Xoking 2018 yil mart oyida 76 yoshida vafot etdi.