Markaziy Osiyoda yozda anomal issiq boʻlishi kutilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti mavsumiy prognozlar boʻyicha MDH mamlakatlari iqlim boʻyicha 18-forumi (NEACOF-18) materiallariga tayangan holda.

Foto: Google

Yozgi mavsumda Oʻzbekistonda va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida oʻta issiq havo boʻlishi ehtimoli 40%ga yaqinni tashkil etadi.

Iqlimshunoslarning taʼkidlashicha anomal issiq boshqa mintaqalarda, shu jumladan Sibirda ham kuzatilishi kutilmoqda.

Ekspertlar soʻzlariga koʻra, prognozlar natijalari noaniqligi tufayli hozircha havo temperaturasi koʻpyillik oʻrtacha miqdorlarga teng boʻlishi kutilmoqda.