“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasiga qarashli “Janubiy Tandircha” konida Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasida qurilish ishlari yakunlanib, qurilma to‘liq ishga tushirildi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “O`zbekneftgaz” axborot xizmati

“Janubiy Tandircha” koni Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasiga “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarmalarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 5 dona elektron sath o‘lchash asboblari, 5 dona rostlovchi klapanlar, 3 dona elektron bosim o‘lchash asboblari va boshqa zamonaviy o‘lchov vositalari montaj qilindi.

Qazib olinayotgan tabiiy gaz sarfi xisobini yuritish maqsadida GOST 8.586 – 2005 , O’zDst 8.028 – 2012 va O’zDst 8.077 – 2018 talablari asosida 2 komlekt Du:426 mm.li o‘lchov qatorlari montaj qilinib, 2 dona FloBoss-103 zamonaviy sarf o‘lchash vositalari o‘rnatildi.

Texnologik jarayon ko‘rsatkichlarini doimiy nazorat qilish va qurilmani texnologik reglament asosida ishlashini ta’minlash maqsadida, qurilmaga boshqaruv shkafi o‘rnatildi va kerakli texnologik parametrlar komp’yuterga chiqarilmoqda.

Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimini tadbiq qilish bo‘yicha montaj va dasturiy ta’minot ishlari “O‘zbekneftgaz” AJ Metrologiya, avtomatlashtirish va standartlashtirish bo‘limi mutaxassislari hamda Sho‘rtan NGQChB mutaxassislari hamkorligida amalga oshirildi, deyiladi xabarda.