AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarning ish faoliyatiga oid qarorni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Politico gazetasi Oq uy vakili Kayle Makkinani bayonotiga asosan xabar qildi.

Foto: Google

Payshanba kuni AQSh prezidenti hujjatni imzolashi kutilmoqda. Imzolashga tayyorlanayotgan qaror byoʻicha qoʻshimcha maʼlumot hozircha ochiqlanmayapti.

Kuni kecha Tramp konservatorlarning ovozlarini oʻchirishda davom etsa, ijtimoiy tarmoqlarni qatʼiy ravishda tartibga solish yoki butunlay “oʻchirib qoʻyish” bilan tahdid qildi.

Tramp saylovlarda pochta orqali ovoz berish jarayonini keskin qoralab, “Byulletenlar pochta orqali tarqatilishi firibgarlikka yoʻl ochadi. Boshqacha boʻlishi mumkin emas! Pochta qutilari talon-toroj qilinadi va saylov byulletenlari qalbakilashtiriladi”, – deb yozdi.

Twitter Trampning bu postini ishonchli emas deb qayd etdi va uning ostiga maxsus belgi qoʻydi. 

Tramp Twitter’ni prezidentlik saylovlariga aralashayotganlikda aybladi.