Rossiyaning “Ron Front” kompaniyasi Ukrainaning mashhur qandolat korporatsiyasi “Roshen”ni sudga berdi. Bunga “Roshen” konfetlari qadog‘iga moychechak rasmi tushirilgani sabab bo‘lgan.

Foto: “O‘zbekoziqovqatxolding” axborot xizmati

Yevropa Ittifoqi sudining elektron xujjatlari ma’lumotlariga ko‘ra, “Rot Front” kompaniyasi “Roshen”ga moychechak rasmidan foydalanishni taqiqlamoqchi. Shu tariqa iste’molchilarni chalkashtirishga yo‘q qo‘ymaslik ko‘zda tutilmoqda.

Rossiya kompaniyasi 2017-yilda ham shunga o‘xshash da’vo arizasi bilan sudda g‘alaba qozongan bo‘lsada, ammo 2018-yilda sud qarori bekor qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, “Roshen” Sharqiy Yevropadagi eng yirik qandolat ishlab chiqaruvchilaridan hisoblanadi. Bugungi kunda korporatsiyaning Ukraina, Rossiya, Litva va Vengriyada zavodlari faoliyat ko‘rsatmoqda.