Moskvaning “Lokomotiv” klubi rasmiy sayti jamoa a’zolarining koronavirus uchun topshirgan tahlillari natijasini e’lon qildi.

Foto: Sport

Unga ko‘ra, jamoaning 4 nafar futbolchisida COVID-19 infeksiyasi aniqlangan bo‘lib, bular yarim himoyachi Dmitriy Barinov, darvozabon Anton Kochenkov, hujumchi Timur Suleymanov va xavbek Roman Tugarevdir. Kasallik simptomlarsiz kechmoqda va ular izolyatsiya qilingan, deyiladi xabarda.

“Lokomotiv”ning qolgan a’zolari klub bazasida mashg‘ulotlarga kirishgan va 21-iyun kunidan davom ettirilishi kutilayotgan Rossiya Premer-ligasi o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmloqda.