2020-yil 28-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3437 (+41) nafarni tashkil etmoqda.

Foto: Dunyo

Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan aniqlangan. 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasidan aniqlangan bo‘lib, shundan 10 nafari Sankt-Peterburg shahridan, 3 nafari Novosibirsk shahridan, 1 nafari Istambul shahridan hamda 17 nafari Qozog‘istondan yurtimizga kirib kelgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan.

Ayni paytda yurtimizda 2685 (+17) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) butunlay sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 738 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.