Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xabariga ko’ra, joriy yilning 27-may holatiga ko‘ra, viloyatda jami 102 tonna, qiymati 195 ming AQSh dollarlik gilos eksport qilindi.

Foto: Davlat bojxona qo’mitasi axborot xizmati

Ushbu mavsumda Rossiya Federatsiyasi va qo‘shni Qozog‘iston o‘zbek gilosining asosiy xaridori ekanligini ta’kidlab o‘tish mumkin.

Raqamlardan ko‘rish mumkinki, eksport qilinayotgan o‘zbek gilosining eng katta qismi ushbu ikki mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, ma’lumot tariqasida Respublika eskportyorlari tomonidan ham Belarus’, BAA, Polsha, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Tailand kabi davlatlarga 200 tonnaga yaqin gilos eksport qilingan.

Ayni damda Samarqand viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan eskportyorlar tomonidan gilos eksporti operatsiyalari davom etmoqda. Bunda esa viloyat bojxona xodimlari tomonidan hozirgi sharoit karantin talablariga rioya etilgan holda tovarlarni eksportga rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirilgan tartibda tez fursatlarda amalga oshirilmoqda.