Afgʻonistonda 28-may holatiga koʻra, koronavirusga chalinganlar soni 13 ming kishidan oshib ketdi, 235 nafar bemor COVID-19 sabab vafot etgan.

Afg`oniston koronavirus
Foto: RIA novosti

Taʼkidlanishicha, oʻtgan bir sutkada yana 580 kishida koronavirus aniqlangan boʻlib, butun mamlakat boʻylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 13036 kishiga yetgan, bir sutkada 8 kishi vafot etgan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 1209 nafar bemor sogʻaygan. 11592 kishi kasalxonada davolanmoqda.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 355 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.