“O‘zbekneftgaz” AJning Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Janubiy Kemachi” konidagi bir qancha quduqlarda kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

gaz quduq uzbekneft
Foto: Google

Jumladan, 112-sonli quduqda ham kapital ta’mirlash ishlari olib borildi.

“O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan kapital ta’mirlashdan so‘ng, quduq ishga tushirildi.

Ushbu quduqda 2235-2230 m oralig‘ida perforatsiya ishlari olib borildi, natijada quduqdan o‘rtacha kunlik 55 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,4 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun, “Janubiy Kemachi” gazokondensat koni Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan bo‘lib, 1978 yilda ishga tushirilgan.