Bugun, 28-may soat 10:30 larda fuqaro A.I. boshqaruvidagi “ Vaz-2101” rusumli avtomashinasida Buvayda tuman To‘mbog‘ish MFY hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashinasining motor qismida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli yong‘in kelib chiqqan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: Farg’ona viloyat IIB axborot xizmati

Yong‘in tegishli kuch vositalar yordamida o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Mazkur holat Buvayda tuman IIB hamda tuman FVB xodimlari tomonidan tekshirilmoqda, deyiladi Farg’ona viloyat axborot xizmati xabarida.