Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 13-oktabrdagi PQ-3322-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Foto: Google

Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son Farmoniga muvofiq, soliq to‘lovchilarga imtiyoz va preferensiyalar berilganligi hamda kreditlar to‘lash muddatlari uzaytirilganligini inobatga olib, Toshkent shahar mahalliy budjetini qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Bu borada amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.