Foto: YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 27-may kuni soat 18:50 larda, Namangan viloyati, Namangan shahar, Yangiasr MFY hududidan o‘tgan 4R-112 “Farg‘ona xalqa yo‘lining” 77 km.da, haydovchi, 1982 y.t. X.Dj. (erkak) “Vaz-2106” rusumli transport vositasini boshqarib borayotib, to‘xtashga ulgurmay, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, 2015 y.t. M.U.ni urib yuborgan. Ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1981 y.t. K.Q. (erkak) boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobilida oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida “Vaz-2106” rusumli transport vositasi orqa tomoniga kelib urilgan.

Natijada, “Vaz-2106” rusumli transport vositasi urib ketgan 5 yoshli voyaga yetmagan piyoda M.U. (o‘g‘il bola) og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan shahar IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi YHXBB axborot xizmati xabarida.