Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bankdan 140 million funt sterling kredit oldi. Bu haqda Vesti nashri xabar bermoqda.

Foto: Vesti

“Manchester Evening News” yozishicha, “qizil iblislar” bu pullarga yozgi transferda yangi futbolchilar sotib oladi. Klub hozircha uchta futbolchini nishonga olib turibdi.

«ManYunayted» koronavirus pandemiyasi ortidan kelib chiqqan moliyaviy og‘ir vaziyatda qarz olishga majbur bo‘ldi. Klub 21-may kuni e’lon qilgan moliyaviy hisobotda daromadlari keskin pasayib ketgani ma’lum qilingan: translyasiyalar, chiptalar savdosi, o‘yinlardan tushadigan reklama pullari yo‘qotilgan.

“Manchester Yunayted”ning sof qarzi ko‘payib, 429,1 million funt sterlingni tashkil etmoqda. Ekspertlar ikkinchi chorak natijalari yanayam yomonroq bo‘ladi deyishyapti.