Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 379 mingdan oshdi. Bu haqda 28-may, payshanba kuni “Stopkoronavirus RF” Telegram kanali xabar berdi.

Foto: TASS

O’tgan kun davomida +8371 ta yangi koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Umumiy olganda, mamlakatning 85 ta mintaqasida 379,051 ta holat aniqlandi va tiklangan bemorlarning soni 150,993 taga yetdi.

Shuningdek, kun davomida 174 ta o’lim qayd etildi. Rossiyada butun davr mobaynida 4142 kishi koronavirusdan vafot etdi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 355 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.