Londondagi shifoxona tibbiyot xodimlari COVID-19 pandemiyasiga qaramay, turmush qurishdi. Bu haqda mahalliy “MyLondon” portali xabar berdi.

Foto: Google

Koronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan 34 yoshli shifokor Jann Tipping va 30 yoshli hamshira Annalan Navaratnam shifoxonada joylashgan ibodatxonada to‘y qilishdi. Guvohlardan biri kelin-kuyovning qarindoshlari va do‘stlari to‘yni onlayn tartibda tomosha qilishlari uchun marosimni suratga oldi.

Tipping va Navaratnam mamlakatdagi vaziyat tufayli avgustga rejalashtirilgan to‘yini boshqa kunga ko‘chirishga qaror qilishdi. Biroq marosimni yanada keyinroqqa qoldirish o‘rniga ular ertaroq turmush qurishga ahd qilishdi. «Yaqinlarimiz ekran orqali tomosha qilishga majbur bo‘lishsa-da, kasal bo‘lib qolmasdan to‘yni ertaroq o‘tkazishni niyat qildik», — dedi kelin.

Hamshira Navaratnamning aytishicha, ruhoniylar marosimni o‘tkazishga zo‘rg‘a ruxsat olishgan. Kelin-kuyov ikki hafta to‘yga tayyorgarlik ko‘rishgan.

“To‘y sanasini bilganimizda hali kelin ko‘ylak ham, nikoh uzugi ham yo‘q edi. Tezroq harakat qilishimizga to‘g‘ri keldi”, — dedi hamshira. Natijada to‘y samimiy va bayramona ruhda o‘tdi.