Joriy yilning 23-may O‘rikzor savdo majmuasida bir nafar tadbirkorda koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli bozor karantinga yopilgan edi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Uchtepa tuman hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, hududdagi Sanitariya epidemiologik va osoyishtalik markazi tomonidan mazkur majmuada dezinfeksiya tadbirlari to‘liq amalga oshirilib, bozor savdo qilish uchun tayyor holatga keltirilgan.

Hozircha, O‘rikzor savdo majmuasi qachon ochilishi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.